Skip to content

Flutter ilovalari uchun .aab build jarayonini avtomatlashtiradi. 1 ta `deploy` buyrug‘i bilan versionCode +1 va build.

Notifications You must be signed in to change notification settings

AzizbekEshpolatov/auto_build_abb

Folders and files

NameName
Last commit message
Last commit date

Latest commit

 

History

3 Commits
 
 

Repository files navigation

Bu loyiha Flutter dasturchilari uchun Android ilovani .aab formatda build qilish jarayonini avtomatlashtirish uchun yozilgan. Har safar versionCode ni qo‘lda yangilab, keyin .aab faylni build qilib, so‘ngra Play Console’ga yuklash vaqtingizni oladi. Endi esa siz terminalda faqat deploy deb yozish orqali bu ishlarning barchasini avtomatik bajarasiz: versiya avtomatik +1 bo‘ladi, ilova build qilinadi va tayyor .aab fayl joylashuvi ko‘rsatiladi. Bu PowerShell script orqali amalga oshadi. Skript android/local.properties faylidan flutter.versionCode qiymatini topadi, uni +1 qiladi va faylni yangilaydi. So‘ng gradlew.bat bundleRelease buyrug‘i orqali build qilinadi. Siz faqat deploy deb yozasiz — qolgan ishlarni skript hal qiladi. Buni ishlatish uchun faqat 1 marta sozlash kifoya: PowerShell profiling faylingizga deploy funksiyasini yozasiz. Shu bilan har safar deploy komandasini ishlatishingiz mumkin bo‘ladi. Quyidagi bosqichlarni bajaring:

  1. deploy.ps1 faylini loyihangizning asosiy papkasiga joylashtiring (masalan, D:\manzara-mobile)

  2. PowerShell terminalida quyidagilarni yozing:
    notepad $PROFILE
    ochilgan faylga shuni yozing:

function deploy {
   powershell -ExecutionPolicy Bypass -File "$PWD\deploy.ps1"
}
  1. Faylni saqlang va terminalni qayta oching.

  2. Yangi fayl yarating: deploy.ps1 (bu Windows PowerShell skript fayli).

  3. Ichiga quyidagi kodni yozing (bu ishlab turgan, testdan o‘tgan versiya):

$localPropsPath = "android\local.properties"
$lines = Get-Content $localPropsPath

$currentVersionCodeLine = $lines | Where-Object { $_ -match "flutter.versionCode" }
$currentVersionCode = ($currentVersionCodeLine -split "=")[1].Trim()
$newVersionCode = [int]$currentVersionCode + 1

$newLines = @()
foreach ($line in $lines) {
    if ($line -match "flutter.versionCode") {
        $newLines += "flutter.versionCode=$newVersionCode"
    } else {
        $newLines += $line
    }
}

$newLines | Set-Content $localPropsPath

Push-Location android
cmd /c "gradlew.bat bundleRelease"
Pop-Location

Write-Host "flutter.versionCode $newVersionCode ga oshirildi!"
Write-Host @"
.aab fayl: android\app\build\outputs\bundle\release\app-release.aab
"@
  1. Faylni saqlang. PowerShell terminalni yoki Android Studio’ni qayta ishga tushiring.

Endi siz terminalda deploy deb yozsangiz, quyidagi ishlar avtomatik bo‘ladi:

  • flutter.versionCode avtomatik oshadi
  • local.properties faylga yoziladi
  • gradlew.bat orqali .aab fayl build qilinadi
  • build fayl manzili ko‘rsatiladi

.aab fayl: android/app/build/outputs/bundle/release/app-release.aab


Bu usul sizga har safar qo‘lda versiya o‘zgartirish va build yozishdan qutqaradi. Siz vaqt tejaysiz, xatolik ehtimoli kamayadi. Keyinchalik bu tizimga fastlane qo‘shib, Play Store’ga avtomatik yuklashni ham amalga oshirishingiz mumkin, kengaytirib chiqsa boladi bemalol.

About

Flutter ilovalari uchun .aab build jarayonini avtomatlashtiradi. 1 ta `deploy` buyrug‘i bilan versionCode +1 va build.

Topics

Resources

Stars

Watchers

Forks

Releases

No releases published

Packages

No packages published